APL. London derbisida "Vest Xem" soʻnggi daqiqalarda gʻalabani ilib ketdi

  • 17.01.2026 22:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasi 22-turidan o‘rin olgan "Tottenxem" - "Vest Xem" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda mehmonlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

15-daqiqada Krisensio Sammervill hisobni ochgan bo‘lsa, 64-daqiqada Kristian Romero oradagi muvozanatni tikladi. 90+3 Kallum Uilson jamoasining g‘alaba to‘pini kiritdi. 

Shu tariqa, ikki durangdan so‘ng mag‘lubiyatga uchradi. Tomas Frank shogirdlarida 27 ochko bor va turnir jadvalida 14-o‘rinda. "Vest Xem" esa ikki mag‘lubiyatdan so‘ng zafar quchdi. Jamoaning ochkolari 17 taga yetdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!