
APL. "Manchester Siti" yirik hisobda g‘alaba qozondi, Xolanddan xet-trik
APL 21-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Vulverxempton" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "shaharliklar" yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Norvegiyalik hujumchi Erling Xoland ushbu bellashuvda xet-trik muallifiga aylandi. Aynan uning gollari "Siti"ga yirik g‘alabani taqdim etdi.
Ochkolari sonini 45 taga etkazib olgan Gvardiola shogirdlari peshqadam "Arsenal" bilan farqni ikki ochkogacha qisqartirib oldi.
Fikrlar