
APL. Nihoyat, "Manchester Yunayted" o‘zining 3 ta o‘yinlik g‘alabasiz seriyaga yakun yasadi
"Old Trafford" stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi. 17-daqiqada Andreas Pereyra hisobni ochdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib Devi Propper o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
64-daqiqada Lyuis Dank burchak to‘pidan so‘ng boshi bilan to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ygan holda hisobni qisqartirdi. Biroq 66-daqiqada Markus Reshford tablodagi hisobni 3:1 ko‘rinishga keltirishga erishdi.
Shu tariqa, manchesterliklar 3 ta o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasiga yakun yasadi. Bugungi muvaffaqiyat natijasida "qizil iblislar" hisobidagi ochkolar soni 16 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 15 ochkosi bor "Brayton" esa 11-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar