APL pandemiya kuchaysa nima qilishni bilmaydi

  • 30.12.2020 19:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Angliya premer-ligasi rahbariyatida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashgan taqdirda unga qarshi aniq reja yo‘q.

ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, premer-liga rahbarlaridan biri mavsumni ikki haftaga to‘xtatib turish taklifini bildirmoqchi. Ammo bu hali ko‘rib chiqilmagan. Chempionatning 3 ta grand klubi vakillari esa ularga mavsumni ikki haftaga to‘xtatish mumkinligi to‘g‘risida bexabar ekanliklarini aytgan.

Chempionat to‘xtatilgan taqdirda APL rahbariyatining qanday harakat qilishi noma’lumligi klublarni xavotirga qo‘ymoqda.

Premer-liga klubidagi yana bir manbaning fikricha, hozirgi vaziyatda jamoalarning o‘zi aybdor, chunki ular bunday muhim masalada mustaqil ravishda kelisha olishmagan.

Kecha Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinish bo‘yicha kunlik antirekord yangilandi. Bir sutkada 53 135 ta kasallanish bilan bog‘liq holat qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!