
APL. Shogird ustozidan ustun keldi
"Tottenxem" stadionida kechgan London derbisida "aristokratlar" 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Uchrashuvdagi har ikkala golga Villian mualliflik qildi.
Qayd etish joiz, bellashuv derbiga hos bo‘ldi va bosh hakam Entoni Teylor o‘z cho‘ntagidan 6 bor sariq, 1 marta esa qizil kartochkani chiqarishga majbur bo‘ldi.
Bugungi g‘alabadan so‘ng Frenk Lempard shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 32 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 4-o‘rindan mustahkam o‘rin oldi. 26 ochkoga ega bo‘lgan Joze Mourino boshliq "shporlar" esa 7-pog‘onani band etib turishibdi.
Fikrlar