APL. "Tottenxem" "Lids"ni ayab o‘tirmadi
APL 27-turidan o‘rin olgan "Tottenxem" - "Lids" o‘yini yakuniga etdi. Unda mezbonlar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda gollar Doerti, Kulushevski, Keyn va Son hisobiga qayd etildi. "Lids" safida bu gollarga javob beradigan futbolchi topilmadi.
Mazkur natijadan so‘ng "Tottenxem"ning ochkolari soni 42taga etdi. Jamoa ayni payt turnir jadvalining 7-pog‘onasidan joy olgan.
"Lids" hisobida 23 ochko mavjud. Klub hozirda jadvalning 15-o‘rnini band etib turibdi.



Fikrlar