APL. "Vest Xem" jadvalda "Arsenal"dan o‘tib ketdi
APL 27-turidan o‘rin olgan "Vest Xem" - "Vulverxempton" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda maydon egalari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda yagona gol chexiyalik Tomas Souchek hisobiga qayd etildi, mehmonlar esa "quruq qo‘l" bilan ortga qaytadigan bo‘ldi.
Mazkur natijadan so‘ng londonliklar 45 ochko bilan hamshahari "Arsenal"ga etib oldi. Klub faqat to‘plar nisbati evaziga "to‘pchilar"dan 5-o‘rinni tortib olgan.
"Bo‘rilar" hisobida 40 ochko mavjud. Klub APL turnir jadvalida 8-o‘rinni band etgan.

Fikrlar