
APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda liga ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida malum qildi.
Joriy mavsumda 22 yoshli hujumchi APLning 35 ta uchrashuvida 36 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, "Manchester Siti" muddatidan avval APLda oltin medallarni qo‘lga kiritgandi. Ayni paytda jamoa 37 turda to‘plagan ochkolari soni 89 taga etgan. Mavsumning so‘nggi o‘yinida "shaharliklar" safarda "Brentford" bilan o‘ynaydi.
Fikrlar