APLda mavsumning eng yaxshi murabbiyi kim bo‘ladi?

  • 07.05.2019 22:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor yana bir turdan so‘ng Angliya premer-ligasida 2018/19 yilgi mavsum o‘z nihoyasiga etadi.

APL rasmiy sayti esa mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga da’vogar 4 nafar mutaxassis nomzodini e’lon qildi. Unga ko‘ra ushbu nomga Xosep Gvardiola ("Manchester Siti"), Yurgen Klopp ("Liverpul"), Maurisio Pochettino ("Tottenxem") va Nunu Eshpiritu Santulardan ("Vulverxempton") biri ushbu nomga sazovor bo‘lishi mumkin.

Nomzodlarga ovoz berish jarayoni APL rasmiy saytida o‘tkaziladi va 9 mayga qadar davom etadi. G‘olib nomi esa 14 may kuni e’lon qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!