APLda oy murabbiyi aniqlandi

  • 13 noyabr, 2020, 17:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vulverxempton" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu Angliya Premer-ligasining oktyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi.

O‘tgan oyda "bo‘rilar" 4 ta uchrashuv o‘tkazib, 10 ochko jamg‘arishga erishdi.

Sovringa portugaliyalik mutaxassisdan tashqari, Ralf Xazenxyuttl ("Sautgempton", 3 ta bahsda 7 ochko), Joze Mourino ("Tottenxem", 3 ta bahsda 7 ochko), Devid Moyes ("Vest Xem", 4 ta bahsda 5 ochko), Din Smit ("Aston Villa", 3 ta bahsda 6 ochko) da’vogarlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!