APLning 4 yetakchi klubi "Atletiko" futbolchisiga qiziqmoqda

  • 08.09.2026 14:36
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Atletiko» jamoasi himoyachisi Mark Pubilga Angliya premer-ligasi klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqida sport jurnalisti Ekrem Konur o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 23 yoshli futbolchiga «Liverpul», «Manchester Yunayted», «Arsenal» va «Chelsi» klublari da’vogarlik qilmoqda. «Atletiko» rahbariyati esa Pubilni sotish orqali taxminan 55–60 million yevro atrofida daromad olishni ko‘zlamoqda.

 

Joriy mavsumda Ispaniya La Ligasida Mark Pubil uchta o‘yinda maydonga tushdi, bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va bir marta ogohlantirish oldi. Futbolchining madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!