APLning eng boy klubi "Arsenal" darvozaboniga "sovchi qo‘ydi"

  • 21 yanvar, 2022, 09:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" rahbariyati davralar oralig‘ida "Arsenal" darvozaboni Bernd Lenoni ijaraga olish niyatida. Aytish kerakki “kanonirlar” bosh murabbiyi Mikel Arteta joriy mavsum asosan Aaron Ramsdeylga ishonch bildirmoqda, germaniyalik posbon esa zaxiradan joy olmoqda.

Tecno

90min nashri xabariga ko‘ra, Leno uzoq vaqtdan buyon "Arsenal"dan ketish va ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladigan jamoaga ko‘chib o‘tish haqida o‘ylamoqda. Biroq, "Arsenal" koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni hisobga olgan holda, futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas.

Qayd etilishicha, "Nyukasl" allaqachon "Arsenal" bilan bevosita bog‘langan va klubga darvozabonni keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum oxiriga qadar ijaraga olishni taklif qilgan. "Kanonirlar" hozircha ushbu taklifni ko‘rib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!