APLning ikki afsonasi Premer-liga shon-shuhrat zaliga kiritildi

  • 23 mart, 2022, 14:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

MYu afsonasi Ueyn Runi va "Arsenal" ramzlaridan biri Patrik Vieyra APL shon-shuhrat zaliga kiritildi. Ular Terri Anri va Alan Shirerdan so‘ng bu ro‘yxatga kiritilgan ilk futbolchi bo‘ldi.

"Bu men uchun katta sharaf. Afsonalar qatoridan o‘rin olganimdan fahrlanaman", - dedi Runi bu haqda.

O‘z navbatida, Vieyra ham fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bu men uchun ajoyib yutuq. Dunyoning eng yaxshi ligasida eng zo‘rlar qatorida bo‘lish ulkan quvonch baxsh etadi. Men bu orqali o‘zimning naqadar yaxshi futbolchi bo‘lganimni anglab etaman", - dedi "Kristal Pelas" bosh murabbiyi.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!