
APLning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
"Arsenal" yarim himoyachisi Bukayo Saka Angliya premer-ligasining mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda premer-liga matbuot xizmati xabar bermoqda.
So‘nggi bir oy ichida Saka chempionatda "Arsenal"ning to‘rtta o‘yinida qatnashib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Arteta jamoasi hozirda APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Kanonirlar" navbatdagi o‘yinni 1 aprel kuni o‘z maydonida "Lids"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar