
APLning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ladi?
Angliya premer-ligasi musobaqaning o‘tgan oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzod o‘yinchilar nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra ushbu mukofot uchun “Aston Villa” yarim himoyachisi Jek Grilish, “Manchester Siti” yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan, “Sheffild” darvozaboni Din Xenderson, “Lester” xavbeki Yuri Tilemans, “Lester” hujumchisi Jeymi Vardi va “Chelsi” vingeri Villianlar kurash olib borishadi.
Muxlislar APL rasmiy saytiga kirib o‘zlari tanlagan futbolchiga ovoz berishlari mumkin.
Fikrlar