
APLning so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa tuzib chiqildi
VVS so‘nggi o‘n yillikda Angliya premer-ligasida eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani e’lon qildi.
Ushbu tarkib futbolchilarning qayd etgan natijalari, statistikalari va BBC Sport ekspertlari tomonidan bildirilgan fikrlari asosida tuzib chiqilgan.
Darvozabon: David De Xea ("Manchester Yunayted").
Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Virdjil van Deyk (ikkalasi – "Liverpul"), Vensan Kompani ("Manchester Siti"), Patris Evra ("Manchester Yunayted").
Yarim himoyachilar: Stiven Jerrard ("Liverpul"), N'Golo Kante ("Chelsi", "Lester"), Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti").
Hujumchilar: Eden Azar ("Chelsi"), Serxio Aguero ("Manchester Siti"), Xarri Keyn ("Tottenxem").
Fikrlar