APLning yanvar oyidagi eng yaxshi murabbiyi ma’lum bo‘ldi

  • 4 fevral, 2022, 18:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL rasmiy sayti chempionatning "yanvar oyidagi eng yaxshi bosh murabbiyi" nomini elon qildi. Unga ko‘ra, "Vulverxempton" bosh murabbiyi Bruno Lage ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Mutaxassis "bo‘rilar" murabbiyligi ostida yanvar oyida 3 o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi. Shuningdek, MYuning "Old Trafford"da 1980 yildan beri ilk marta taslim etilishiga katta hissa qo‘shdi.

Qayd etish lozim, portugaliyalik murabbiy ushbu sovrinni ilk marotaba qo‘lga kiritmoqda. U bilan bir qatorda ushbu mukofot uchun Xosep Gvardiola, Yurgen Klopp va Din Smit kabi mutaxassislarning ismi keltirilgandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!