Appelyatsiya qo‘mitasi qarori e’lon qilindi, "Andijon" legioneriga berilgan jazo engillashtiriladi

  • 8 aprel, 2023, 14:58
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Apellyatsiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kun tartibidan o‘rin olgan masalalar, xususan, Tartib-intizom qo‘mitasining 2023 yil 28 martdagi qarori hamda Hakamlar qo‘mitasining 2023 yil 23 martdagi qarori ustidan “Andijon” futbol klubining yozgan apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqildi.

Tecno

2023 yil 11 mart kuni Superliganing 2-tur doirasida “Surxon” va “Andijon” futbol klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Andijon” futbolchisi Rubin Hebayning uchrashuv bosh hakamini chet tilida haqorat qilganligi oqibatida bosh hakam tomonidan qizil kartochka ko‘rsatilgan vaziyat va videoyozuvlar mutaxassislar tomonidan qayta o‘rganib chiqilib, futbolchiga nisbatan tayinlangan intizom jazo chorasini engillashtirish uchun asoslar mavjudligi to‘g‘risida fikr berildi.

Apellyatsiya qo‘mitasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan ishga oid taqdim etilgan hujjatlar bilan tanishib chiqib, “Andijon” futbol klubi futbolchisi Rubin Hebayga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo chorasini qisman o‘zgartirish lozim degan xulosaga keldi.

Apellyatsiya qo‘mitasi “Andijon” futbol klubining futbolchisi Rubin Hebayga nisbatan qo‘llanilgan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom jazosini 2 ta o‘yinga o‘zgartirish hamda jarima intizom jazosini o‘zgarishsiz qoldirish yuzasidan qaror qabul qildi.

Shuningdek, Apellyatsiya qo‘mitasi “Andijon” futbol klubi tomonidan Hakamlar qo‘mitasining 2023 yil 23 martdagi qarori ustidan berilgan shikoyat arizasida Hakamlar qo‘mitasining qarorini o‘zgartirish uchun etarli asoslar mavjud bo‘lmaganligi uchun qanoatlantirishni rad etdi.

O‘FA matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
08/04/2023 17:11
Бугун уйнайдими Нефтчига к,арши?