Aqling bo‘lsa, “Roma”ga o‘t!

  • 16 oktabr, 2021, 11:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Portu”da to‘purarlik qobiliyatini namoyon qilayotgan Luis Diasga ayni payt “Roma” va “Bavariya” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

 O‘z davrida “Roma” va “Bavariya”da o‘ynagan braziliyalik yulduz Paulo Serjio kolumbiyalik yosh futbolchiga jamoa tanlash bo‘yicha o‘z masalahatini berdi.

- Menimcha, hozirgi paytda Ruis Dias uchun eng yaxshi variant Mourinoning “Roma”siga o‘tish. Rim klubida uning imkoniyatlari kengroq bo‘ladi. “Bavariya”ning oldingi chizig‘ida zo‘r o‘yinchilar ko‘p. Myunxenga borsa u erda Leroy Sane, Serj Gnabri, Jamol Musiala va Kingsli Koman bilan raqobatlashishi kerak, - dedi Pualo Serjio.

Paulo Serjio 1997-199 yillar davomida “Roma” safida 57 ta uchrashuvda 22 ta gol urgan. Keyin “Bavariya”ga o‘tib, 2002 yilgacha Bundesligada to‘p tepdi. Myunxenliklar tarkibida 77 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 21 marotaba ishg‘ol qildi.

459432

Katta g‘alabalar davri keldi

“Roma” yarim himoyachisi Jordan Veretu jamoasi “Yuventus”ga qarshi uchrashuvda g‘alaba qozona olishiga ishonmoqda.

- Katta g‘alabalar vaqti keldi. Bizda deyarli barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan kuchli bosh murabbiy bor, u bizga g‘oliblik ruhini singdirmoqda. Ongimiz g‘alabalarga moslashib boryapti.

Mourino bizga qo‘shimcha energiya beryapti, uning qo‘llab-quvvatlashi ishtiyoqimizni ikki baravar oshirib yubordi. Biz utalab qilayotganidan ortig‘iga qodirmiz, - dedi frantsiyalik futbolchi.

28 yoshli Veretu joriy mavsumda 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol va uchta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

1593023749_roma

Yulduzning sog‘lig‘ini sug‘urtalash kerak

“Roma” asosiy futbolchilaridan biri Nikolo Dzanolo bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

Pleymeykerning agenti Klaudio Vigorelli klub bazasiga kelib, shartnoma shartlari bilan tanishdi. U Dzanoloning salomatligini sug‘urtalashni talab qilyapti. Bunga iste’dodli o‘yinchining tizzasidagi jarohati ikki marotaba operatsiya qilingani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Tomonlar tez orada kelishuvga erishi kutilmoqla. Nikoloning o‘zi bor e’tiborini futbolga qaratgan.

Dzanolo joriy mavsumda to‘qqizta uchrashuvda ishtirok etib, bittadan gol va golli pas muallifi bo‘ldi. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha tuzilgan. Futbolchining transferi 50 million evroni tashkil qilmoqda.

3227375-66064768-2560-1440

Manchini “Roma” legionerini Italiya termasiga chaqirmoqchi

“Roma”ning 22 yoshli markaziy himoyachisi Rojer Ibanes yaqinda Braziliya, Urugvay va Italiya pasportlariga egaligini va istalgan mamlakat termasida o‘ynashga tayyor ekanini bildigandi.

 Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini asli braziliyalik himoyachini 2022 yili Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatiga chiqish uchun kurashayotgan tarkibga jalb qilmoqchi.

Italiya terma jamoasida ayni paytda mahalliylashtirilgan uch nafar braziliyalik futbolchi to‘p tepmoqda. Bular hammaga yaxshi tanish bo‘lgan Jorjino, Rafael Toloy va Emerson Palmeridir.

Mbanes joriy mavsumda rimliklar safida 11 marotaba maydonga tushib, bitta gol urdi. Uning transfer summasi 25 million evroni tashkil qilmoqda.

462926

Mourino “Yuventus”ga qarshi o‘yinda Shomurodovga suyanishiga to‘g‘ri keladi, chunki...

Shomurodov zimmasidagi ishni Pellegrini bajarmoqda!

“Roma” Evropa Chempionlar ligasida... Shomurodovning orzusi ushaladimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!