Aqlli futbolchidan qo‘rq!

  • 22 avgust, 2022, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Tottenxem” to‘purari Harri Keyn professionalfaoliyati davomida o‘ziga qarshi o‘ynagan eng kuchli himoyachilar kimligini aytdi.

- Men o‘zimga qarshi o‘ynagan va maydonda duch kelgan ko‘p himoyachilarni tilga olishim mumkin. Lekin faoliyatimni boshida Jon Terriga qarshi o‘ynashga qiynalardim. U aqlli himoyachi bo‘lgan, ortda qolishni istamasdi va tana harakati mukammal edi. Terri mening zarbalarimni qanday qaytarishni yaxshi bilardi.  

Yana bir shunday himoyachi Jorjo Kellini edi. Italiya terma jamoasi va “Yuventus”ga qarshi o‘ynaganimizda unga duch kelganman. Kellini aqlli, jismonan etuk va baquvvat himoyachi bo‘lgan, - dedi Harri Keyn.

Angliyalik hujumchi faoliyati davomida klublar miqyosida 468 ta uchrashuvda qatnashib, 277 ta gol va 75 ta assist muallifi bo‘lgan. Keyn Angliya terma jamoasi safida 73 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 50 marotaba ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!