AQShlik bokschi Bahodir Jalolovga omad tiladi

  • 20 sentabr, 2019, 01:51
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Bahodir Jalolov jahon chempionati doirasida amerikalik Richard Torresni nokautga uchratgani butunjahon boks olamida shov-shuvni yuzaga keltirdi. Ayniqsa, nokautga uchragan Torresni ahvoli qay darajada ekanligi borasida qiziqayotganlar, tashvishlanayotganlar ham faqat okean orti mamlakatidan emasdi. Aksincha, butun dunyo boks ihlosmandlari internet tarmoqlari orqali bu bokschiga salomatlik tilab, tezroq sog‘ayib ketishi borasida o‘z tilaklarini bildirishmoqda. Bir muddat avval, biz hamyurtimizning Richardni borib, holidan xabar olgan videosini taqdim etgandik. Amerikalik bokschi ham muhlislarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, sog‘lig‘i yaxshi ekanligini hamda Bahodir Jalolovga omad tilagan videomurojaatini o‘z instagram sahifasiga yukladi. Quyida ushbu videolavhani e’tiboringizga havola etamiz...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!