Arab chempionlar ligasi. Bugun "An-Nasr" final uchun Iroq klubi bilan kuch sinashadi!

  • 9 avgust, 2023, 16:20
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi Arab chempionlar ligasi musobaqasida Iroqning "Al-Shorta" jamoasi bilan kuch sinashadi. Bahs yarim final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadi. 

O‘yin Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi. Jamoa safidagi Krishtianu Ronaldu, Sadio Mane kabi yulduzlar bahsni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda. 

Yarim finalning yana bir bellashuvi Saudiya Arabistonining ikki jamoasi "Al-Hilol" va "Al-Shabab" klublari o‘rtasida kechadi. G‘olib yuqoridagi uchrashuvda zafar quchgan jamoaga qarshi finalda to‘qnash keladi. 

Eslatib o‘tamiz, "Al-Shorta" - "An-Nasr" o‘yinini JONLI EFIRDA "SPORTS.uz Live" telegram kanalimizda tomosha qilish imkoniga egasiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!