Arauxo "Barselona"dagi kelajagi haqida gapirdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Ronald Arauxo klubdagi kelajagi haqida gapirdi.
"Mening kelajagim rahbariyat qaroriga bog‘liq. Hamma yaxshi biladiki, men “Barselona”da juda xursandman va Xavidan minnatdorman", – deya urugvaylik futbolchining so‘zlarini keltiradi Fabritsio Romano.
Arauxo 2018 yildan beri "ko‘k-anorranglilar" safida o‘ynab kelmoqda. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan va transfer narxi 70 million evroga baholanmoqda. Joriy mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 30 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi.



Fikrlar