Arbeloa natijalari Alonsodan pastroq: o‘rtacha 2,08 ochko

  • 11.04.2026 15:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Ligada hozirgacha 12 ta o‘yinda o‘rtacha 2,08 ochko jamg‘armoqda.

10 aprel kuni chempionatning 31-turida "qaymoqranglilar" "Jirona" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Shu natijadan so‘ng jamoaning Arbeloa qo‘l ostidagi umumiy ochkolari 25 taga yetdi.

Hozirgi ko‘rsatkichlar Arbeloaning mavsumning dastlabki qismida jamoani boshqargan Xabi Alonsonikidan pastroq ekanini ko‘rsatmoqda.

Alonso "Real" boshqaruvida La Ligada 19 ta bahsda o‘rtacha 2,37 ochko ishlagan va jami 45 ochko to‘plagan edi.

Shu tariqa, statistik jihatdan Arbeloa hozircha o‘zidan oldingi mutaxassis sur’atiga eta olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!