Arbeloa ochko yo‘qotishga antiqa sabab aytdi
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Liganing 32-turida “Betis”ga qarshi oʻyinda 1:1 hisobida durang oʻynab, jamoa ochko yoʻqotgani haqida fikr bildirdi.
- Agar bizda aniq sabab boʻlganda, uni toʻgʻrilardik. Oʻyin shunday keskin kechganda, bunday holatlar yuz berishi mumkin. Va albatta, bizga omad yetishmadi, - dedi Alvaro Arbeloa.
32 turdan soʻng “Real” 74 ochko toʻplab, ikkinchi oʻrinda bormoqda. Madridliklar bu mavsum ham chempionlikdan quruq qoladigan koʻrinadi.
Keyingi turda Arbeloa shogirdlari “Espanyol”ga qarshi oʻynaydi. Bu bahs 3 may kuni boʻlib oʻtadi.

Fikrlar