Arbeloa: "Real" ba'zi o'yinlarda ochko yo'qotmasligi kerak edi"
"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoaning joriy mavsumdagi natijalariga baho berdi.
"Menimcha, baho berishni sizlar — jurnalistlar o'zingiz amalga oshirishingiz kerak. Men har doim aytganimdek, bu yerda o'z faoliyatim haqida gapirish uchunman. Ha, biz ko'plab o'yinlarda g'alaba qozona olmadik, ayniqsa, ochko yo'qotmasligimiz kerak bo'lgan raqiblarga qarshi bahslarda. Aynan shunday o'yinlar eng ko'p afsus uyg'otadi.
Eng yaxshi o'yinlarimizni o'zimizga teng, kuchli raqiblarga qarshi o'tkazyapmiz. Ammo shunday o'yinlar borki, agar La Liga uchun kurashmoqchi bo'lsak, "Real" u yerda ochko yo'qotishga haqli emas.
Shu bilan birga, nazorat qilish qiyin bo'lgan holatlar ham bor va ular juda tez-tez takrorlanyapti. Buni o'tgan hafta "Betis" (1:1) va "Jirona" (1:1)ga qarshi o'yinlarda ham ko'rdik, boshqa uchrashuvlarda ham shunday holatlar bo'lgan. Ammo bu kabi vaziyatlar mavjudligi bizda hali o'sish uchun joy borligini inkor etmaydi", — dedi Arbeloa.

Fikrlar