Arda Gyuler: "Biz yana qaytamiz"

  • 16.04.2026 14:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid" yarim himoyachisi Arda Gyuler Chempionlar ligasidan chiqib ketilganidan keyin ijtimoiy tarmoqda muxlislarga murojaat qildi.

Madridliklar chorak finalda "Bavariya"ga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra imkoniyatni boy berishdi. Ilk bahs 1:2 hisobida yakunlangan bo‘lsa, javob uchrashuvida ham 3:4 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.

Javob o‘yinida Arda Gyuler dubly muallifi bo‘ldi. Biroq bahs yakunida hakam bilan tortishuvi sababli turkiyalik futbolchi qizil kartochka oldi.

O‘yindan keyin u ijtimoiy tarmoqda quyidagi so‘zlarni yozdi:

— Bu bunday bo‘lishi kerak emasdi. Biz juda afsusdamiz.

Biz yana qaytamiz. Olga, "Madrid"!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!