Arda Gyuler: "Men uchun qiyin mavsum bo‘lmoqda"

  • 11 mart, 2024, 07:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liganing 28-turidan o‘rin olgan "Real" - "Selta" bahsi madridliklarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. 

Tecno

Dastlab, Vinisius hisobni ochgan bo‘lsa, Guaita va Domingeslar o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Shuningdek, Gyuler debyut golini ham urib oldi. Arda jamoadagi debyut golidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Birinchi golimni urganimdan juda xursandman. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Oldinda yana ko‘p maqsadlar bor va ularni bajarish uchun astoydil harakat qilaman. Men uchun qiyin mavsum bo‘lmoqda, ammo bugungi o‘yindan keyin vaziyat yaxshilanadi degan umiddaman.

"Real" - dunyodagi eng mashhur klub va men qiyinchiliklarni engib o‘tish uchun xarakterga ega ekanligimga ishonaman", - dedi turkiyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!