
Argentina chempionatining eng yaxshi to‘purari APL grandiga o‘tadi
«Manchester Yunayted» klubi «River Pleyt» hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olishni rejalashtirmoqda.
Bugun premer-liga doirasida "Vulverxempton"ga qarshi bo‘ladigan uy uchrashuvidan so‘ng mankunianliklar Manchesterda 21 yoshli Argentina terma jamoasi futbolchisining agenti bilan muzokara o‘tkazishadi. Bu haqda italiyalik jurnalist-insayder Nikolo Skira o‘zining tvitter sahifasida ma’lum qilmoqda.
Manbaga ko‘ra, MYu Alvaresga 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilishga tayyor.
Oldinroq hujumchining tovon puli 20 million evro ekanligi malum bo‘lgandi.
Alvares Argentina chempionatining o‘tgan mavsumida 20 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 18 ta gol va 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan edi. U o‘sha mavsum chempionatning eng yaxshi to‘purariga aylandi.
Fikrlar