Argentina chempionlik uchun yana 10 million dollar ishlab oldi

  • 19 dekabr, 2022, 15:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba sabab Janubiy Amerika futbol ittifoqi (CONMEBOL) argentinaliklarga 10 million dollarlik chek sovg‘a qildi.

Konfederatsiya rahbari Alexandro Dominges Frantsiya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Lionel Skaloni jamoasi futbolchilariga 10 million dollarlik chek berganini aytdi. Uni jamoa nomidan sardor Lionel Messi qabul qilib oldi.

Ma’lumot o‘rnida, Argentina Messi bilan birga ilk bora mundial chempionligini qo‘lga kiritdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!