Argentina futbol assotsiatsiyasi Infantinoni qo‘llab-quvvatladi
Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) Rabot shahrida o‘tgan xalqaro federatsiya rahbarligi yig‘ilishidan so‘ng FIFA prezidenti Janni Infantinoni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Bundan avval Afrika futbol konfederatsiyasi ham shunga o‘xshash bayonot bilan chiqqan edi.
«Yana bir bor ta’kidlaymizki, navbatdagi FIFA kongressi arafasida assotsiatsiya ishonch bilan ayta oladi: futbolning kelajagi sizning rahbarligingizdagi islohotlarni davom ettirish orqali, uni yanada rivojlantirish va barcha uchun ochiq sport turiga aylantirishdadir», — deyiladi AFA bayonotida.
Infantino xalqaro maydondagi mavqeini, ayniqsa, dunyo chempionatiga oid tijorat huquqlarini tashqi tuzilmalariga sotish tashabbusidan so‘ng sezilarli darajada yo‘qota boshladi. Ushbu loyiha AQSh prezidenti Donald Tramp oilasiga aloqador tashkilotlar bilan bog‘liq ekani haqida xabarlar tarqalgan.
Keyinchalik FIFA homiyligidagi musobaqalarni boykot qilish niyatini UEFA va KONKAKAF e’lon qildi. Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFK) esa FIFA tuzilmasida boshqaruv islohotlarini o‘tkazishga chaqirdi.

Fikrlar