Argentina Qatarda rekord o‘rnatdi

  • 1 dekabr, 2022, 12:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi futbolchilari kecha JCh-2022 guruh bosqichining so‘nggi turi doirasida Polshaga qarshi uchrashuvda 800 ta aniq uzatmani amalga oshirdi.

Tecno

Lionel Skaloni jamoasi Polsha ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va mundialning “C” guruhida birinchi o‘rinni egalladi.

Eng e’tiborlisi, Argentina aynan Polshaga qarshi o‘yinda jahon chempionatidagi aniq uzatmalar soni (800), shuningdek, aniq paslar ko‘rsatgichi (92%) bo‘yicha o‘zining yangi rekordini o‘rnatdi.

Eslatib o‘tamiz, Qatardagi musobaqaning 1/8 finalida argentinaliklar Avstraliya bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!