
Argentina sport arbitraj sudi a’zosi: Messi KONMEBOLdan uzr so‘rashi kerak
Argentina sport arbitraj sudi a’zosi Gustavo Abreu terma jamoa sardori Lionel Messi tanqidiy fikrlari uchun Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasidan (KONMEBOL) uzr so‘rashi kerak deb hisoblaydi.
“Men Messiga uzr so‘rashni maslahat bergan bo‘lardim. Chunki, tashkilot unga nisbatan sanktsiyalar qo‘llamoqchi. Jazodan qutulish uchun u buni qilishi kerak”, - deydi Abreu.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli argentinalik futbolchi Amerika kubogi yarim finalidan o‘rin olgan Braziliyaga qarshi bahsdagi adolatsiz hakamlikdan so‘ng KONMEBOLni korruptsiyada ayblagan edi.
Shundan so‘ng konfederatsiya Messini ikki yilga terma jamoa o‘yinlaridan diskvalifikatsiya qilishlari mumkinligini ma’lum qildi.
Fikrlar
Agar bu super yulduz Barsadan ketib boshqa bir klubga uzini sinab kursin keyin karillasa buladi.
Shunda kuramiz axvolini.