Argentina terma jamoasi darvozabonini o‘ldirmoqchi bo‘lishgan
Argentina terma jamoasi darvozaboni Villi Kabalero “JCh-2018”ning guruh bosqichidan o‘rin olgan Xorvatiyaga (0:3) qarshi o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatolari uchun unga taxdid qilishganini aytdi.
“Xorvatiyaga qarshi o‘yinda Salvioga pas bermoqchi edim, lekin men o‘ylagan narsa xato ketdi. Natijada to‘p traektoriyasi Rebichga qarab ketdi. Hamma meni to‘pni unga ataylab uloqtirdi deb o‘yladi, lekin bunday narsa hatto hayolimga ham kelmagan. Men to‘pni maydondan chiqarib yubormoqchi edim, chunki 2 ta raqib futbolchisi yaqinlashib qolgan edi.
O‘yindan keyin hammaga mening raqamim tarqalib ketibdi. Men juda ham qo‘rqinchli xabarlar oldim. Ular orasida meni o‘ldirishini aytib tahdid qilganlar ham bo‘lgan.
Murabbiy shundan so‘ng meni jahon chempionatida boshqa maydonga tushirmadi. Men uning qaroriga qo‘shilaman”, - deydi Kabalero.



Fikrlar