
Argentinadagi ko‘chalarning biri Messi sharafiga nomlandi
Argentinaning Tesanos Pinto shahri o‘zining 110 yilligini nishonladi va ular bu ishni noodatiy tarzda amalga oshirishga qaror qilishdi – ular ko‘chani Qatardagi jahon chempionatida Argentina terma jamoasiga sardorlik qilayotgan Lionel Messi sharafiga nomlashdi.
Biroq u erda faqat Messi ko‘chasi paydo bo‘ldi deyish adolatdan bo‘lmaydi – aslida bundan buyon ushbu shaharchaning barcha ko‘chalari eng mashhur argentinalik sportchilar nomi bilan ataladi. Tesanos Pinto shahrida shuningdek, Diego Maradona nomidagi ko‘cha, “Formula-1” bo‘yicha besh karra jahon chempioni Xuan Manuel Fanjio nomidagi ko‘cha, tennischi Gabriela Sabatini nomidagi ko‘cha ham mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi jahon chempionatining pley-off bosqichiga yo‘l oldi va “albasetlar” ushbu bosqichda Avstraliya termasi bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar