Arman Tsarukyan Iliya Topuriyaning jangini ko‘ra olmadi, boisi...
UFC ning taniqli jangchisi Arman Tsarukyan Oq Uyda o‘tkazilgan Iliya Topuriya va Jastin Getji to‘qnashuvini tomosha qila olmadi, chunki u o‘sha paytda samolyotda uchayotgan edi.
"Bortda Wi-Fi ishlamadi. Qo‘nganimizda ham do‘stimda internet bor, menda esa yo‘q edi. Keyin u "Jastin yutdi!" deya baqirdi. Dastlab, u meni mashhara qilyapti, deb o‘yladim. Biroq keyin Getji g‘alaba qozonganini ko‘rgach, rostini aytsam, juda baxtli edim. 5,7 mln. dollarlik yutuq summasini do‘stimiz bilan bo‘lishib oldik.
Uyga borgach, bahsni qaytadan to‘liq tomosha qildim. Menimcha, uchinchi raunddayoq Iliya jangni to‘xtatishi kerak edi... Amml to‘rtinchi raunddagina bu qarorga kelishdi. Nima ham derdim, Topuriyani mag‘lubiyatdan keyingi bayonotida hech qanday bahona qilmasdan yutqazganini tan olgani menga yoqdi. Bu uchun respekt.
Ha, men va Iliya qarama-qarshiligi Jastin bilan jangimdan shov-shuvli bo‘lishi aniq edi, lekin kareramning bu bosqichida shunchaki chempionlikni xohlayman. Qarshimda kim bo‘lishining ahamiyati yo‘q. Hozir 70 kg vaznda hech kim meni yenga olmaydi. Yagona qiyin raqib (Ilsom Maxachev nazarda tutilmoqda) ham boshqa divizionga o‘tib ketdi", – dedi Arman Ariel Helvani bilan suhbatda.

Fikrlar