Arman Tsarukyan: "Jastin Getji va Iliya Topuriya janggi hech qachon bekor qilinmaydi, chunki..."

  • 26.04.2026 07:52
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli UFC jangchisi Arman Tsarukyan amerikalik Justin Getji va amaldagi chempion Iliya Topuriya to‘qnashuvi hech qachon bekor qilinmasligini aytdi.

"Justin kamdan-kam hollarda jangdan chiqadi. Unga nima bo‘lishidan qat’iy nazar, hatto jarohat olgan bo‘lsa ham, u oktagonga chiqadi va o‘z haqini olib, faoliyatini yakunlaydi. Kar’yerasi so‘ngida hamma MMAchilar katta pul olishni xohlaydi. Shu bois Getji va Topuriya qarama-qarshiligi bekor qilinishiga ishonmayman", – dedi Arman Adam Zubayraevga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Arman Tsarukyan professional MMAdа hozirga qadar 23 ta g‘alaba (15 tasi muddatdan avval) va 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!