Arman Tsarukyan kimni tanladi: Volkanovskinimi yoki Evloevni?

  • 26.04.2026 07:18
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli UFC jangchisi Arman Tsarukyan hamyurti Movsar Evloev va yarim engil vazn toifasida UFC chempioni Aleksandr Volkanovski bilan bahsga tayyorligini aytdi.

"Agar Evloev engil vazn toifasidagi kamarni qo‘lga kiritganida, u bilan jang qilardim. Biroq o‘rtaga hech qanday titul tikilmasa, Volkanovskiga qarshi oktagonga chiqishni ma’qul ko‘raman. Chunki u ko‘proq media shaxs hisoblanadi", – dedi Arman Adam Zubayraevga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Tsarukyan professional MMAda hozirga qadar 23 ta g‘alaba (15 tasi muddatdan avval) va 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!