Arman Tsarukyan: "Maxachev P4P reytingida 1-o‘ringa loyiq emas"

  • 23 oktabr, 2024, 16:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Armanistonlik UFC jangchisi Arman Tsarukyan P4P etakchisi va engil vaznda amaldagi chempion Islam Maxachev haqida gapirdi.

Tecno

"Maxachev vazn toifasidan qat’iy nazar eng yaxshi UFC jangchilari reytingida 1-o‘ringa loyiq emas. Bu joy faqatgina Jon Jonsga tegishli. Chunki u haqiqiy afsona. Menimcha, Jons Stipe Miochichni engach, UFC reytingi yangilanadi. Shundan so‘ng, Jon munosib bo‘lgan o‘rnini egallashi mumkin", - deya Tsarukyanning so‘zlarini keltirdi "MMA Mania" portali. 

Eslatib o‘tamiz, Jon Jons (27-1-1 N/C) va Stipe Miochich (20-4) jangi 18 noyabr kuni "UFC 309" turnirida bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!