Arne Slot APL chempionligi haqida: Agar Erediviziyada bo‘lganimda, chempionman, deb hisoblagan bo‘lardim

  • 27 dekabr, 2024, 15:38
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot "Lester"ga qarshi o‘yin natijasini sarhisob qildi. 

Premer-liga 18-turidan o‘rin olgan bahsda "qizillar" 6-daqiqadayoq gol o‘tkazib yuborib, yakunda 3:1 hisobida zafar quchdi. 

- Tezkor gol o‘tkazib yuborganimiz g‘alati tuyuldi. Vaziyatni past baholadik va bu darvozamizga gol urilishiga olib keldi. Bunday vaziyatlarda o‘yinga qaytish uchun ko‘p harakat va mehnat qilish kerak. Tanaffus oldidan muvozanatni tikladik va bu bizga katta yordam berdi. 

- Chempionlik uchun kurashda "Liverpul" favoritligi haqida 

- O‘zingiz bilasiz, hali qancha o‘yinlar bor. Bu erda yuqori sifatdagi jamoalar ko‘p. Agar Eredivizida bo‘lganimda buni to‘g‘ri, deb hisoblagan bo‘lardim. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!