Arne Slot: "Deyarli barcha jamoalar "Liverpul"ga qarshi alohida tayyorlanadi"

  • 15.01.2026 01:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot joriy mavsumda raqib jamoalarning "qizillar"ga qarshi o‘yinlarga qanday tayyorlanayotgani haqida fikr bildirdi.

Dushanba kuni "Liverpul" Angliya Kubogining 3-bosqichi doirasida o‘z uyida "Barnsli"ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

— Ularning o‘yin rejasi "Enfild"ga keladigan ko‘plab jamoalar rejasiga juda o‘xshash edi. Bu mavsumda necha o‘yin o‘tkazdik? Balki 30 taga yaqindir? O‘ylaymanki, 28 ta uchrashuvdagi o‘yin oldidan bergan ko‘rsatmalarimni bemalol axlatga tashlashim mumkin edi.

Fikrimcha, faqat bir yoki ikki marta jamoalar 20 hafta oldin qanday o‘ynagan bo‘lsa, xuddi shunday uslubda harakat qildi. "Arsenal" shulardan biri — ular bizga qarshi har doim o‘rganib qolganimizdek o‘ynaydi.

"Barnsli" esa odatda 4-3-3 sxemasida o‘ynaydi, bugun esa besh himoyachi bilan harakat qildi. Men buni to‘liq tushunaman. Agar men ham ularning murabbiyi bo‘lganimda, xuddi shunday yo‘l tutgan bo‘lardim, — dedi Slot.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!