Arne Slot "Liverpul" uchun yangi Yurgen Klop(mi?)
"Liverpul"ning joriy mavsumdagi g‘alabali seriyasi 8 ta o‘yinga etdi.
Arne Slot shogirdlari kuni kecha Chempionlar ligasida "RB Leyptsig"ni mag‘lub etishdi(1:0). Bu orqali klub o‘zining g‘alabali seriyasini davom ettirdi.
Mazkur mavsumda mersisaydliklar faqat bitta o‘yinda ochko yo‘qotishdi. 14 sentyabr kuni Premer-ligada "Nottingem Forest"ga 0:1 ko‘rinishida mag‘lub bo‘ldi. Qolgan barcha 11 uchrashuvda ham yutuq qo‘lga kiritilgan.
"Qizillar"ning navbatdagi o‘yini 27 oktyabr kuni APL doirasida safarda "Arsenal"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar