Arne Slot: "O‘tgan mavsumga nisbatan yanada yaxshiroq bo‘lishimiz lozim, sababi raqiblar kuchaygan"
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoaning darajasi va istiqbollari haqida fikr bildirdi.
O‘tgan mavsumda - niderlandiyalik murabbiyning Angliyadagi debyutida "qizillar" Premer-ligada chempionga aylandi. Raqiblardan sezilarli ustunlikka erishganiga qaramay, murabbiy chempionlik oson bo‘lmaganini va bu mavsumda muvaffaqiyatni takrorlash yanada qiyinroq bo‘lishini ta’kidladi.
- Biz "Manchester Siti" singari chempionlikni osonlikcha qo‘lga kiritmadik. Qattiq kurashishga majbur bo‘ldik. Endi biz o‘sishimiz kerak, o‘tgan mavsumga nisbatan yanada yaxshiroq bo‘lishimiz lozim, chunki raqiblar kuchaygan - raqobat yanada jiddiyroq, - dedi Slot matbuot anjumanida.
"Liverpul" keyingi turda asosiy raqiblaridan biri - "Arsenal" bilan o‘ynaydi. Ikki turdan so‘ng har ikki jamoa hisobida oltitadan ochko mavjud.
Fikrlar