
Arsen Venger: "Liverpul" o‘rtacha o‘yin ko‘rsatdi va "Tottenxem" bundan foydalanib qolishi mumkin edi
Frantsiyalik mashhur mutaxassis Arsen Venger kecha bo‘lib o‘tgan EChL finalida "Liverpul"ning "Tottenxem" ustidan qozongan g‘alabasidan hafsalasi pir bo‘lganini bayon qildi.
“Liverpul” finalda o‘rtacha o‘yin ko‘rsatdi. “Tottenxem” esa bundan foydalanib ko‘proq narsaga erishishi mumkin edi, ammo unga qotillik instinkti etishmadi. Bu erda gap o‘yin darajasida emas, ruhiyatda deb o‘ylayman”, - deydi Venger.
Eslatib o‘tamiz, mersisaydliklar shu tariqa o‘z tarixlarida 6-marta EChL g‘olibi bo‘lishdi.
Fikrlar