
Arsen Venger: Men albatta futbolga qaytaman
Londonning "Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger o‘zining kelajak faoliyati borasida to‘xtalib o‘tdi.
“Men albatta futbolga qaytaman. Biroq, hozircha murabbiymi yoki boshqa lavozimda, bu aniq emas. Futbolga qaytish istagi hali ham bor. Futbol bu – mening ehtiroslarim. Bu menda mavjud bo‘lgan yagona narsa”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, 69 yoshli Venger 1996-2018 yillarda “Arsenal”ni boshqargan. U roppa-rosa bir yildan buyon ishsiz hisoblanadi.
Fikrlar