Arsen Venger Salohni Messi bilan taqqosladi

  • 7 sentabr, 2019, 19:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik mashhr mutaxassis Arsen Venger "Barselona" hujumchisi Lionel Messi va "Liverpul" forvardi Muhammad Salohni o‘zaro solishtirdi.

“Saloh menga judayam yoqadi, u katta salohiyatga ega. U Messiga o‘xshaydi. Faqat Leo barqarorroq. Menimcha Saloh hujumni yaxshi yakunlaydi, ammo Messi to‘p bilan yaxshiroq o‘ynaydi. Salohga esa o‘zi gol urishi uchun biroz mahorat etishmaydi”, - deydi Venger.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Messi o‘tgan mavsum 50ta o‘yinda maydonga tushdi va 51ta gol hamda 22ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

27 yoshli Saloh esa o‘tgan mavsum 52ta o‘yinda maydonga tushdi va 27ta gol hamda 13ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!