"Arsenal" 3:0 hisobini qanday qilib 3:3 ko‘rinishiga keltirdi? (video)

  • 22 mart, 2021, 07:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasining 29-turida “Vest Xem” o‘z maydonida hamshahari “Arsenal”ni qabul qildi.

Tecno

Dramatik kechgan London derbisi 3:3 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi. “Vest Xem” Jessi Lingard (16'), Jerrod Bouen (17') va Tomash Souchek (32') tomonidan kiritilgan golar evaziga 3:0 hisobida oldinga chiqib olgan bo‘lsada, o‘yin yakuniga qadar g‘alabani qo‘ldan chiqardi. E’tiborlisi, “kanonirlar” hisobiga yozilgan 2 ta golni “bolg‘achilar” a’zolari - Tomash Souchek (38' avtogol) va Kreyg Douson (61' avtogol) kiritdi. Yana bir golga esa Aleksandr Lyakazett (82') mualliflik qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!