"Arsenal" 72 million funtga sotib olgan futbolchisi bilan shartnomani bekor qildi

  • 9 sentabr, 2023, 22:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" hujumchi Nikolya Pepe bilan shartnomani bekor qilganini e’lon qildi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, frantsuz "Trabzonspor" klubiga ko‘chib o‘tadi. Pepe 2019 yil 72 million funt evaziga "Lill"dan "to‘pchilar" tarkibiga kelib qo‘shilgandi. O‘sha vaqtda u klub tarixidagi eng qimmat xarid bo‘lgandi. 

Futbolchi London klubi safida barcha turnirlarda 112 ta bahsda maydonga tushib, 27 ta gol urgan va 21 golga assistentlik qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!