"Arsenal" A Seriyadan to‘purar hujumchi olib keladi

  • 26 aprel, 2024, 14:56
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Arsenal" Italiyaning "Bolonya" klubi hujumchisi Joshua Zirkzega qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi TuttoJuve jurnalisti Mirko Di Natale.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 22 yoshli Zirkze "kanonirlar"ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib, ular allaqachon o‘z vakillari bilan gaplashib olishgan va tez orada rasmiy shartnoma taklif qilishlari mumkin.

Joshua Zirkze joriy mavsumda “Bolonya” safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!