"Arsenal" APL tarixi uchun eng muhim transferni tayyorlamoqda

  • 02.08.2026 19:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyalik jurnalist Mario Kortegana «Real» klubi hujumchisi Vinisius Juniornig «Arsenal»ga o‘tishi ehtimoliga oid yangi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

Uning yozishicha, «Arsenal» rahbariyati braziliyalik futbolchini sotib olish rejasini ma’qullagan va transfer uchun zarur mablag‘ni ajratgan.

- Klub Vinisius Juniorni ko‘ndirish ustida bir necha oydan beri ish olib bormoqda. Londonliklar futbolchining vakillari bilan bir necha bor uchrashib, unga klub loyihasini tushuntirishgan. 

Mikel Arteta Vinisiusni juda qadrlaydi va uning kelishi uni juda xursand qiladi. Shuningdek, «Arsenal» Vinisiusni qo‘lga kiritish uchun maosh limiti va to‘lovlar tuzilmasini qayta ko‘rib chiqishga ham tayyor.

Klub qo‘shimcha ravishda imzo uchun maxsus bonus taklif qilishi, shuningdek, futbolchining tijorat huquqlari bo‘yicha ham qulay shartlar berishi mumkin. Bu orqali Vinisiusga haqiqiy supertaklif taqdim etish niyati bor. 

«Arsenal» Vinisius ular uchun qay darajada muhim ekanini ochiq-oydin ko‘rsatdi. London klubi uni Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng muhim transferlardan biriga aylanishi mumkin, deb hisoblaydi», — deya yozadi Kortegana.

Avvalroq xorij ommaviy axborot vositalari «Arsenal» Vinisius Junior bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishganini xabar qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!